Jahon | 22:13 / 20.12.2018
3319
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: AQSh Xitoyning ikki fuqarosini kiberhujumlarda aybladi

Foto: EPA/JIM LO SCALZO

AQShda Xitoyning ikki fuqarosiga nisbatan XXR maxsus xizmatlari ko‘rsatmasiga muvofiq xakerlik hujumlari uyushtirish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. 

Ayblovda ta'kidlanishicha, Chju Xua va Chjan Tszyango ismli xakerlar XXR jamoat xavfsizligi vazirligi bilan hamkorlikda intellektual mulk va maxfiy biznes ma'lumotlarini o‘g‘irlashgan. Amerika tomonining fikricha, ular AQSh HDKning 100 nafar harbiy xizmatchisiga oid ma'lumotlarni o‘g‘irlagan, bundan tashqari, AQSh energetika vazirligi tarkibidagi atom tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi Milliy laboratoriya, NASA agentligining reaktiv dvigatellar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi laboratoriyasi ular hujumining qurboniga aylangan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Amerika XXRga nisbatan yangi iqtisodiy sanksiyalar kiritishi haqida e'lon qilmoqchi ekanligini xabar qilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid