Shayxontohur tumanida xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan ma'muriy sud binosi ochildi

Bugun, 20 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman ma'muriy sudining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi ochilgan sud binosi xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Binoda sud majlislarini internet orqali onlayn translyatsiya qilish, audio-video yozuvini olib borish, videokonferentsaloqa orqali sud majlislarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zamonaviy va keng sud zallari, fuqarolarni qabul qilish uchun zarur jihozlar bilan to‘ldirilgan alohida xonalar mavjud.
Ma'lumki, ilk bor tashkil etilgan ma'muriy sudlar joylardagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar binolarida faoliyat yuritishni boshlagan edi. Shayhontohur tumani ma'muriy sudining foydalanishga topshirilayotgan yangi binosi ma'muriy sudlar uchun birinchi alohida o‘ziga xos bino ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirda so‘z olganlar sudning chinakam mustaqilligini ta'minlash, uni o‘tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi davlatning mustaqil institutiga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilganligini, xalqaro standartlarga mos binolar bilan ta'minlanayotganligini ta'kidlashdi.
Mavzuga oid

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025