Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Tramp bilan suhbatdan keyin Suriyadagi yangi amaliyotni keyinga qoldirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yaqinda o‘tgan suhbatdan keyin Anqara Suriyada Frot daryosidan sharqda yangi amaliyotni boshlashni keyinroqqa qoldirishga qaror qilganini ma'lum qildi.
“O‘tgan hafta Frotdan sharqda harbiy amaliyot boshlashga va u haqda e'lon qilishga qaror qilgandik. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti, diplomatik liniyalar va xavfsizlik xizmatlari o‘rtasidagi aloqalar va AQShning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishi qarori bizning biroz kutib turishimizga olib keldi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Shu bilan birga Erdo‘g‘an gap amaliyotning keyinroqqa qoldirilishi haqida ketayotganini aytgan.
Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, Anqara Tramp bilan suhbatga qaramay, yaqin oylarda Suriyada IShID guruhi, “Demokratik ittifoq” kurd partiyasi otryadlari va “Xalq mudofaasi otryadlari”ni yo‘q qilmoqchi.
Erdo‘g‘an mintaqaviy xavfsizlik Turkiya uchun eng muhim vazifa ekanligini, shu sababli Anqara bu masalada Rossiya va Eron bilan o‘zaro ishlayotganini ta'kidlab o‘tgan.
19 dekabrda Tramp AQSh Suriyada IShIDni tor-mor etganini, keyinroq esa Oq uy AQSh Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishni boshlashini ma'lum qilgan.
Bu orada turk OAV AQShning Suriyadagi qo‘shinlari kurdlarga qarshi yangi amaliyot boshlash bilan tahdid qilgan Turkiya va kurd otryadlari o‘rtasida to‘siq bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026