Vetnam elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
2018 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda o‘zining diplomatik missiyasini yakunlayotgan Vetnam Sotsialistik Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Fam Van Faoni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbatda O‘zbekiston – Vetnam muloqotini izchil mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida fikr almashilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda ikki tomonlama munosabatlarning holatini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi umumiy ijobiy o‘sish sur'atlari bilan ifodalasa bo‘ladi.
Bugungi kunda Vetnamning turli tuzilma va sohalarida mas'uliyatli lavozimlarni egallab turgan O‘zbekiston ta'lim muassasalarini 3000 dan ortiq vetnamlik bitiruvchilari mamlakatlarni bog‘lab turuvchi muhim faktor hisoblanadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Vetnam hamkorligini yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat va ularni amalga oshirish uchun qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
Vazir elchiga so‘nggi to‘rt yil davomida O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi faol sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Fam Van Fao, o‘z navbatida, o‘zining O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarishida yaratib berilgan qulay sharoitlar uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:10 / 02.11.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
12:30 / 02.11.2024
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
07:30 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi tayinlandi
08:10 / 10.10.2024