Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon energetiklariga “Damas” xizmat avtomashinalari topshirildi
Bugun Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bo‘limlari ishchi xodimlarga qulayliklar yaratish, iste'molchilarga tezkor xizmat ko‘rsatish hamda kasb bayrami munosabati bilan “O‘zbekenergo” AJ tomonidan ajratilgan 10 dona “Damas” rusumli yengil avtomashinalari topshirildi.

Endi zarur uskunalar bilan jihozlangan avtomashinalar - Andijon EShETK, Andijon Bobur ETK, Jalaquduq, Asaka, Paxtaobod, Bo‘z, Qurg‘ontepa tuman elektr tarmoqlari korxonalariga, nimstansiyalar xizmati, davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish xizmati bo‘limlariga xizmat qiladi.

Texnik vositalarini topshirish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi direktori Ahadjon Jo‘rayevlar soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutladilar.





Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
08:51
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026