Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkasi 2018 yilgi saylovlarga uch davlatning aralashuvi haqida ma'lum qildi
Foto: EPA
AQSh Milliy razvedka xizmati direktori Deniyel Kouts bu yilgi Amerika saylovlariga Rossiya, Xitoy va Eronning aralashuvi haqida ma'lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, saylovlarga aralashuvlar to‘g‘risidagi hisobot AQSh bosh prokurori va Ichki xavfsizlik vazirligiga topshirilgan. Agar razvedka tomonidan qilingan xulosalar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Amerika qonunchiligiga muvofiq ushbu mamlakatlarga qarshi sanksiyalar avtomatik tarzda joriy etiladi.
«Rossiya va boshqa mamlakatlar, jumladan, Xitoy hamda Eron o‘z strategik manfaatlarini ilgari surish uchun Qo‘shma Shtatlarga qarshi yo‘naltirilgan ta'sir o‘tkazish va targ‘ibot bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirgan», - deyiladi hujjatda.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu ta'sir bo‘yicha hech qanday xulosalar qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda «Rossiya aralashuvi» haqida yangi hisobot tayyorlangani xabar berilgandi.
Ushbu hujjat natijalari ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab xabarlar va postlarning «eng batafsil tahlili»ga asoslangan.
Ta'kidlanishicha, hisobotda Rossiya Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanishiga yordam berish maqsadida barcha asosiy ijtimoiy media-platformalardan «foydalangani» aytiladi.
Mavzuga oid
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026