Sport | 22:00 / 22.12.2018
18303
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi

«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 18-turida «Kristal Pelas»ga sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gundog‘an o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsada, mehmonlar vaziyatni tezda o‘z tomonlariga og‘dirishdi va londonliklar klubi o‘yinning asosiy qismida 3:1 hisobida oldinda borishdi, mehmonlarning gollariga Jyeffri Shlupp, Endros Taunsend va penaltidan unumli foydalangan Luka Milivoyevich mualliflik qilishdi. O‘yin oxirida Kevin De Bryuyne bitta javob goli urdi.

Bu «Manchester Siti» uchun APLning joriy mavsumida uy uchrashuvlaridagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Endi Xosep Gvardiola jamoasi chempionat turnir jadvalida peshqadam «Liverpul»dan 4 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Angliya chempionati
18-tur
Manchester Siti – Kristal Pelas 2:3

Gollar: 1:0 – 27 Gundo‘g‘an, 1:1 – 33 Shlupp, 1:2 – 35 Taunsend, 1:3 – 51, penalti Milivoyevich, 2:3 – 85 de Bryuyne.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi (Aguero, 50), Stounz, Delf (de Bryuyne, 62), Sterling (Marez, 69), Bernardu Silva, Sane, Gundo‘g‘an, Uoker, Gabriel Jyezus.
Kristal Pelas – Guaita, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Mayyer (Panchon, 90), Milivoyevich, Taunsend, Makartur, Zaa (Ayyu, 88), Shlupp.
Ogohlantirishlar: Zaa (45), van Anxolt (75), Makartur (80), Guaita (90).

Mavzuga oid