Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koinot parvozlari soni bo‘yicha AQSh va Rossiyani ortda qoldirdi
Foto: k-politika.ru
Xitoy o‘z tarixida ilk bor muvaffaqiyatli amalga oshirilgan koinot parvozlari soni bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi.
Xitoy 2018 yil boshida koinotga 35 ta raketa uchirgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 30 ta parvozni amalga oshirgan AQShni ortda qoldirdi.
Rossiya Xitoydan 2 marta kamroq parvozni amalga oshirgan, vaholanki 4 yil avval shuncha kosmik raketa uchirgan: dekabr o‘rtalariga kelib “Roskosmos” 16 ta orbital parvozni amalga oshirgan, ulardan biri falokat bilan yakunlangan: “Soyuz” raketasi dvigatelidagi nuqson sababli Xalqaro koinot stansiyasiga 2 fazogirni yetkaza olmagan.
Xitoy koinot dasturini rivojlantirish bilan birga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ham katta mablag‘ sarflamoqda. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha qatorasiga 3 yildan beri Yevropa Ittifoqini ortda qoldirmoqda va AQShga deyarli yaqinlashib qoldi.
Xitoyning ilmiy izlanishlarga xarajatlari 1990-yillar boshiga nisbatan 40 marta oshgan. 2016 yilda Xitoy tadqiqotlar va ishlanmalarga 412 mlrd dollar sarflagan. Bu esa Rossiya federal byudjyetidan 1,5 barobar ko‘proqni tashkil qiladi.
Bu borada yetakchi hamon AQSh bo‘lib qolmoqda (464 mlrd dollar), biroq Xitoy bilan tafovut jadal qisqarmoqda: 2000 yilda bu tafovut 8 marta katta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bor-yo‘g‘i 12 foizni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026