Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda o‘g‘rilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yil 5 dekabr kuni noma'lum shaxs fuqaro D.M. (ayol)ning uyi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan umumiy qiymati 3 000 AQSh dollari bo‘lgan zargarlik buyumlari, 2000 AQSh dollari va 100 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi G.R., muqaddam sudlanganlar M.M. va K.G. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
11:55 / 03.01.2026