15:50 / 24.12.2018
5788

Hindistonda quyuq tuman sababli 50 ta mashina to‘qnashdi

Foto: AP

Hindistondagi shosseda 50 ta avtomobilning quyuq tuman va ko‘rish masofasi pastligi tufayli to‘qnashib ketishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, bir necha inson jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti NDTV telekanaliga tayangan holda xabar qilmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa Xaryana shtati Jajar shahri yaqinidagi Roxtak-Revari trassasida sodir bo‘ldi. To‘qnashgan avtomobillar orasida maktab avtobuslari ham bor. Jabrlanuvchilar shifoxonalarga olib ketildi, ulardan o‘n nafari juda og‘ir ahvolda.

Yo‘lda yuz bergan avariya oqibatida ikki kilometr masofadagi tirbandlik paydo bo‘ldi. 

Top