Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston chegara qo‘shinlari harbiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Tojikiston chegara qo‘shinlari birinchi qo‘shma harbiy kengash yig‘ilishini o‘tkazdilar. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar bergan.
Xabar qilinishicha, uchrashuv dekabr oyining yigirma birinchi va yigirma ikkinchi kuni Gulistonda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat chegara qo‘shinlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Shuningdek, Afg‘oniston bilan chegaradagi operativ vaziyat muhokama qilindi. Bundan tashqari, kelgusi yil uchun hamkorlik rejasi ishlab chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
12:53 / 17.02.2026