Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda mast holdagi haydovchi YPX xodimiga jarohat yetkazdi
Illyustrativ foto
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 2018 yil 21 dekabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi Namuna ko‘chasida xizmat olib borayotib shu yerda harakatlanib kelayotgan mast holda bo‘lgan U.M. boshqaruvidagi “VAZ-21063” rusumli avtomashinani to‘xtatib, undan tegishli hujjatlarini so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, avtoulovni haydab ketgan.
Oqibatda avtomashina eshigini qo‘li bilan ushlab turgan xodimni taxminan 40 metr masofagacha sudrab borgan.
Natijada xodim jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. U.M. qo‘lga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026