Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota va Toshkent tumanidagi tadbirkorlar uchun seminar yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun, 24 dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi majlislar zalida Zangiota va Toshkent tumanidagi tadbirkorlar ishtirokida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Unda shuningdek, Toshkent viloyati prokuraturasi adliya katta maslahatchisi S.Samadov, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Q.Xodjayev, Toshkent viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i F.Xudoyberganov, Toshkent viloyati Markaziy banki boshlig‘i K.Atayev, tuman davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, mas'ul xodimlar va 400dan ortiq tadbirkorlar qatnashdi.

Seminar yig‘ilishida O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 20 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari hamda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Mutaxassislar seminar yig‘ilishi ishtirokchilarining soliq qonunchiligi yuzasidan bergan savollariga javob berishdi.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:41 / 03.02.2026
Botqoqlarni asrab qolishimiz kerak – Toshkentda bu mavzuda xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi
20:51 / 25.01.2026
Zangiotada nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
18:07 / 17.12.2025