Jahon | 17:27 / 25.12.2018
14315
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus AQSh harbiy bazasining Polshada joylashtirilishini «tahdid» deb hisoblamoqda

Foto: RIA «Novosti»

Belarus mudofaa vaziri Andrey Ravkovning ma'lum qilishicha, qo‘shni hududlarda xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish Belarus hukumati tomonidan «tahdid» sifatida ko‘riladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ravkovning aniqlik kiritishicha, u «tahdid» so‘zi bilan ma'lum bir vaziyatda «harbiy xavfni harbiy tahdid darajasigacha» olib kelishi mumkin bo‘lgan «omillar yoki omillarning kombinatsiyasi»ni nazarda tutmoqda.

Shuningdek, mudofaa vazirining qayd etishicha, Fort Trump («Fort Tramp») harbiy bazasini Polsha hududida joylashtirish «xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shmaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko o‘z yig‘ilishida amaldor tomonidan yozib olingan «Pul kam, mersedeslar yo‘q» so‘zlariga izoh bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid