Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada qurollangan jinoyatchilarni joyida yo‘q qilishga qaror qilindi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri ko‘chalarini vazifasi qurollangan jinoyatchilarni voqea joyida o‘ldirishdan iborat bo‘lgan o‘qchilar patrul qiladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Avtomatik qurolga ega bo‘lgan bunday mutaxassislar jamoasi shahar xarobalarida politsiya bilan birga harakat qiladi. Dastlab ularning soni 120 nafar bo‘ladi va juft-juft qilib taqsimlanadilar. Juftlikdan biri qo‘lida quroli bo‘lgan jinoyatchilarni o‘qqa tutadi, ikkinchisi esa sherigining xatti-harakati qonuniyligini isbotlash uchun bo‘layotgan voqeani kameraga yozib oladi.
Jinoyatchilikni qat'iy bostirish dasturi amaldagi sudya va 2019 yil yanvarda Rio-de-Janeyro gubernatori lavozimini egallaydigan Uilson Vittsel tashabbusi bilan olib borilmoqda. “Bayonnomaga ko‘ra, ular qo‘lida quroli bo‘lgan istalgan odamni joyida yo‘q qiladilar. Ko‘chaga qurol bilan chiqadiganlar boshqalarning hayoti uchun qayg‘urmaydilar, ular yo‘llarida turadigan har qanday odamni o‘ldirishga tayyorlar”, deb aytgan Vittsel.
Braziliyada 2017 yilda deyarli 64 mingta qotillik qayd qilingan. Bu ko‘rsatkich dunyoning istalgan davlatidagidan ko‘proqdir.
Mavzuga oid
18:52
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026