Özbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilişi munosabati bilan Oliy Majlis deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi yaqinda Rossiyaning Novovoronej şahrida bölib qaytdi. U yerda delegatsiya vakillari AES obekti bilan bir qatorda Atom energetikasi böyiça axborot markazi va stansiyada işlaşga oid amaliy bilimlarni beruvçi öquv markazida ham bölib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanişişdi. Bu markazlarda barçaga atom energetikasi haqidagi ma'lumotlar innovatsion usullarda taqdim etiladi. Hattoki bolalar ham bu yerga kelib atom energetikasi yordamida elektr energiyasini oliş va umuman buning nima uçun kerakligi haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bölişiga guvoh böldik. Kun.uz muxbiri AES obekti, axborot hamda öquv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanişgan ekspertlarning Özbekistonda bunday markazlarni işga tuşiriş qançalik muhim ekanligi borasidagi fikrlariga qiziqiş bildirdi.


Oliy Majlis Spiker örinbosari, Ekoharakat deputatlik guruhi rahbari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi Boriy Alixonov:
"Har bir fuqaroga tuşunarli tilda, obektiv ma'lumot beriş juda töğri qaror böladi. Bu barça uçun foydali. Nima uçun? Çunki atom energetikasining ekologik va xavfsiz ekanini töğri qabul qilişda xabardorlikning örni katta. Köpçilikda AES orqali elektr energiya oliş göyo qandaydir xavf uyğotadigandek tasavvur mavjud. Bunga bir neça yillar ilgari bölib ötgan Fukusima va Çernobl fojialari sabab, albatta. Biroq sönggi "3+" texnologiyasi har qanday xavf va avariyalarni istisno qiladi. Şu nuqtai nazardan qaraydigan bölsak, Özbekistonga atom energetikasiga doir bilimlarni tuşunarli tilda taqdim etuvçi axborot markazlari va öquv markazlari kerak. Qörquv borasida bir misol keltirmoqçiman: masalan, köpçilik samolyotda uçişdan qörqib, avtotransportda harakatlanişni ma'qul köradi, holbuki samolyotdagi avariyalar nisbati - millionga bir. Şunday ekan, AESga nisbatan bunday stereotipni ham mana şunday xabardor qiluvçi markazlar orqali yöq qiliş kerak".
















