Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik senator AQSh hukumatining eng “telbanamo” xarajatlarini ma'lum qildi
Foto: AP Photo/Pablo Martinez Monsivais
Amerikalik respublikachi senator Rend Pol AQShning 2018 yildagi eng “telbanamo” xarajatlari ro‘yxatini e'lon qildi. Bu ro‘yxat soliq xizmati va FQB vakillariga ayniqsa qiziq bo‘lib ko‘rinishi mumkin, chunki hujjatda nafaqat mavjud bo‘lmagan Somali armiyasiga 76 mln dollar to‘langani, balki bedanalarning giyohvand modda ostida o‘zini qanday tutishini tadqiq qilishga sarflangan mablag‘lar haqida ma'lumotlar bor.
Bundan tashqari, AQShning federal hukumati afg‘on tilidagi serialni ishlab chiqarishga 653 ming dollar, havo oqimlarining kaltakesaklarga ta'sirini o‘rganish uchun 80 ming dollar to‘lagan. Bundan tashqari, senator hukumatga qadimgi Osiyoda eshaklar va otlarga ov qilishni o‘rganish uchun 361 ming dollar to‘lagani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Bunday xarajatlarning umumiy qiymati deyarli 115 mln dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
21:14 / 04.02.2026