Jahon | 12:20 / 28.12.2018
7161
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda Indoneziyada tabiiy ofatlar oqibatida 4,2 mingdan ortiq inson halok bo‘ldi

Foto: Aaron Favila/AP/TT

Bu yil Indoneziyada tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolganlar soni keyingi o‘n yildagi rekord miqdorga yetdi va 3,2 ming kishini tashkil qildi. Bu haqda The Straits Times gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilda 2,4 mingdan ortiq tabiiy ofatlar yuz bergan va 4,2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Eng fojiali ofat sentyabrda Sulavesi orolida yuz bergan bo‘lib, zilzila va sunami natijasida 2,2 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Hukumat mamlakatda tabiiy ofatlardan ogohlantiruvchi tizim samarasiz yo‘lga qo‘yilganini e'tirof etmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid