Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg Xitoy bozori bir yil ichida rekord darajada qulaganini ma'lum qildi
2018 yilda Xitoy kompaniyalari kapitalizatsiyasining pasayishi 2,4 trln dollarni tashkil etdi, bu 2002 yildan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir, deb yozadi Bloomberg. Shanxay fond birjasining SSE Composite indeksi qariyb chorak qismga tushib ketgan.
Agentlikning qayd etishicha, qimmatli qog‘ozlar bozorining qulashi 2008 yilgi moliyaviy inqiroz davridagidan ham yuqoriroq bo‘lgan.
Bundan tashqari, Xitoy o‘tgan yili sayyoradagi eng yirik fond bozori maqomini Yaponiyaga topshirib, ikkinchi o‘ringa tushgan.
Pasayish sabablaridan biri sifatida AQSh bilan savdo urushi ko‘rsatilmoqda.
Noyabr oyi boshida Reuters AQSh bilan savdo urushi natijasida Xitoy valyuta zaxiralari kamaygani va 3,035 trln dollarni tashkil etganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026