Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat byudjyeti mablag‘laridan foydalanish tartibi, byudjyet daromadlari va xarajatlari miqdori belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorda davlat byudjyeti mablag‘laridan foydalanish tartibi quyidagicha belgilandi:
29. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va birinchi navbatdagi to‘lovlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta'minlash maqsadida byudjyet mablag‘lari oluvchilarga byudjyet mablag‘lari ajratishni avval ajratilgan mablag‘larning amalda o‘zlashtirilishiga qarab amalga oshirsin.
Belgilansinki, vazirlik va idoralarning byudjyetdan tashqari jamg‘armalariga soliq bo‘lmagan to‘lovlardan ajratmalar me'yorlarini o‘zgartirish, shuningdek, yangi turdagi ajratmalarni joriy etish kelgusi yilning boshidan amalga oshiriladi.
30. Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tugatilsin.
Belgilansinki, Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasidan avval ajratilgan mablag‘lar va uning qoldiqlari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga o‘tkazilishi shart.
31. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2019 yil 1 martdan boshlab vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjyet mablag‘lari taqsimlovchilari byudjyetdan ajratilgan mablag‘lar, byudjyet tashkilotlarining byudjyetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish, o‘tkazilgan tanlov (tender)lar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish haqidagi tegishli axborotni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.
32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2019 yil mobaynida qat'iy belgilangan kupon stavkasida 5 yil va undan ortiq muomala muddatiga ega bo‘lgan 500 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan summada O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini chiqarsin va joylashtirsin;
2019 yil 1 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ayrim byudjyet tashkilotlari va byudjyetdan mablag‘ oluvchilar faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish borasida o‘rganishlarni amalga oshirsin;
2019 yildan boshlab nol stavkani qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha ortiqcha summani qaytarishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti daromadlarini ushbu summaga kamaytirgan holda amalga oshirsin.
34. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas'uliyati va manfaatdorligini kuchaytirish, ularning daromadlar bo‘yicha vakolatlari va xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarini oshirish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar:
a) quyidagi daromadlar:
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stansiyalaridan tashqari), yagona yer solig‘i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘imlar, bozorlardan tushadigan daromadlar, shuningdek, 26-ilovaga muvofiq ayrim noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari, qonunbuzarliklarning ayrim turlari uchun jarimalar tumanlar va shaharlar byudjyetlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjyeti, viloyatlar viloyat byudjyetlari va Toshkent shahri shahar byudjyeti bilan tumanlar va shaharlar byudjyetlari o‘rtasida taqsimlagan holda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yagona soliq to‘lovidan ajratmalar, alkogol mahsulotlari, pivo, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning chakana realizatsiyasiga aksiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlariga o‘tkazilishi;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarining bir qismi (tovarlarni import qilishda olinadigani bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bundan mustasno), yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan to‘lanadigani, shuningdek, norezidentning daromadlaridan to‘lov manbaida ushlab qolinadigani bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjyeti, viloyatlar viloyat byudjyetlari va Toshkent shahri shahar byudjyeti o‘rtasida taqsimlanishi;
v) byudjyet tashkilotlarini moliyalashtirishni 27-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlariga o‘tkazish;
g) O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjyeti, viloyatlarning viloyat byudjyetlari va Toshkent shahrining shahar byudjyetlari o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlardan (yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i bundan mustasno) mahalliy byudjyetlarga ajratmalar 50 foizdan kam bo‘lgan taqdirda, ushbu soliqlar bo‘yicha daromadlarning prognozdan oshirib bajarilishidan hosil bo‘lgan mablag‘larning 50 foizi mahalliy byudjyetlarga qaytarilishi;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjyetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga:
xarajatlarning yetishmayotgan summasini alohida tumanlar va shaharlar byudjyetlarini rejalashtirishda shakllanadigan ortiqcha daromadlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjyeti, viloyatlarning viloyat byudjyetlari va Toshkent shahrining shahar byudjyeti bilan tumanlar va shaharlar byudjyetlari o‘rtasida qayta taqsimlash hisobidan qoplash;
qo‘shilgan qiymat solig‘i (import qilinadigan tovarlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan olinadigan soliq bundan mustasno), yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan to‘lanadigani, shuningdek, norezidentning daromadlaridan to‘lov manbaida ushlab qolinadigani bundan mustasno)ning bir qismini tegishli hududlarda qolayotgan daromadlar doirasida yo‘naltirish;
daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablag‘lardan bir qismini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun tegishli tumanlar va shaharlar byudjyetlariga o‘tkazish bo‘yicha vakolatlar berilishi nazarda tutilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning yanvar oyida Markaziy bank bilan birgalikda 2018 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda o‘tkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda uning ijrosi bo‘yicha yakuniy operatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirsin, jumladan:
yuqori va quyi turuvchi byudjyetlar o‘rtasidagi o‘zaro qarzdorlik to‘liq hajmda qoplanishini nazarda tutuvchi byudjyetlararo munosabatlarni tartibga solish;
tugatilayotgan davlat maqsadli jamg‘armalari va Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘larining 2018 yil 31 dekabr holatiga qoldiqlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti daromadlarida aks ettirmagan holda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasining 2018 yil 31 dekabr holatiga o‘zlashtirilmagan qoldiqlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti daromadlarida aks ettirmagan holda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga o‘tkazish.
36. Suv ta'minoti tashkilotlari tomonidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarining qaytarilishi yetishmagan qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari suv ta'minoti tashkilotlarining moliyaviy holatini qat'iy nazorat qilish, ularning moliyaviy oqimlari ustidan monitoring olib borishni ta'minlasin, kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘larni undirish choralarini ko‘rsin va mablag‘lar yetmagan hollarda, asosiy qarz va foiz to‘lovlarining qoplanmagan qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlarining qo‘shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mahalliy byudjyetlarning qo‘shimcha daromadlari mavjud bo‘lmagan va qarzdorlikni to‘lash muddatlari kelgan hollarda qarzdorlik o‘z vaqtida so‘ndirilmasligiga yo‘l qo‘ygan suv ta'minoti tashkilotlarining moliyaviy oqimlari ustidan monitoringni ta'minlash bo‘yicha takliflar kiritgan holda ularning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari oldidagi qarzdorligini O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplash huquqi berilsin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2019 yil oxiriga qadar pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning to‘lovi miqdorlari to‘g‘risidagi ma'lumotnomalarni berish, shuningdek, keyinchalik Pensiya jamg‘armasi ma'lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvini amalga oshirgan holda bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilishini ta'minlasin.
38. 2019 yil uchun quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdorlari 28-ilovaga muvofiq;
2019 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga muvofiq;
2019 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjyeti, viloyatlarning viloyat byudjyetlari va Toshkent shahrining shahar byudjyeti, tumanlar va shaharlar byudjyetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar byudjyet tashkilotlaridagi mavjud maxsus qo‘riqlash postlari sonini tanqidiy o‘rgansin va ularning sonini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda maxsus qo‘riqlanishi talab etiladigan tashkilotlarning yangilangan ro‘yxatini tasdiqlasin.
40. 2019 yil 1 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to‘lovini 2018 yil uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolgan holda 2019 yil 1 maydan boshlab ularning miqdorlari 32-ilovaga muvofiq belgilansin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va maqsadli davlat jamg‘armalarining asosiy parametrlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti daromadlari 62 500 milliard so‘m, xarajatlari – 74 000 milliard so‘m miqdorida;
Pensiya jamg‘armasining daromadlari 23 520 milliard so‘m va xarajatlari – 20 483 milliard so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari 3 807,6 milliard so‘m va xarajatlari – 3 807,6 milliard so‘m miqdorida.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida” 2009 yil 22 dekabrdagi PQ–1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirilsin.
Mavzuga oid
07:27 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga davlat budjeti hisobidan xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi
20:08 / 05.05.2026
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
10:07 / 03.04.2026
O‘zbekiston milliy valutada 1 mlrd dollar ekvivalentidagi obligatsiyalarni 12,25 foiz stavkada joylashtirdi
10:00 / 29.03.2026