Jahon | 20:10 / 28.12.2018
20526
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada rekord miqdordagi giyohvand modda aniqlandi

Foto: ntv.com.tr

Turkiyalik bojxonachilar Bolgariya bilan chegarada rekord miqdordagi giyohvand modda – 1,5 tonna kannabis moddasini aniqlashdi. 

“Bojxona xizmati Ipsal chegara punktida 1,5 tonna kannabis moddasini aniqladi. Bu yuk hajmi bo‘yicha eng kattasi sifatida qayd qilindi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, giyohvand modda Albaniyadan keltirilgan. Firma chegara orqali birida soya, ikkinchisida soya ostiga niqoblangan giyohvand moddani jo‘natgan. 

Rengenografik tekshiruv davomida birinchi va ikkinchi yuk mashinasidagi qoplar ichidagi narsalar zichligida farq aniqlangan. Shundan keyin ikkinchi yuk mashinasi qo‘shimcha tekshiruvga jo‘natilgan. Qoplar ochilganda ularda soya o‘rniga kannabis borligi aniqlangan. Jami 152 ta qopda 10 kilogrammdan qilib solingan 1 tonna 524 kg kannabis topilgan.  

Operatsiya natijalariga ko‘ra jinoiy ish ochilgan. Yuk mashinasi haydovchisi va yana ikki kishi hibsga olingan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid