Iqtisodiyot | 12:59 / 29.12.2018
8098
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Qishloq qurilish bank» ATB ISO 9001:2015 standarti sertifikatini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz moliya sektorida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, risklarni boshqarishning zamonaviy tamoyillari joriy qilinmoqda.

«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, muvofiqlik standartini qo‘lga kiritdi. Bu - bank tomonidan iste'molchilarning talab va ehtiyojlarini doimiy qondirib borish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlarning yana bir mahsulidir.

- «Qishloq qurilish bank» ilg‘or xorijiy tajribalarni va zamonaviy xizmatlarni joriy etish orqali O‘zbekiston moliya bozoridagi o‘rni va ishtirokini kengaytirib bormoqda, - dedi bankning Strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Obloyor Sharipov. - Sifat menejmenti tizimining joriy etilishi bankimiz uchun strategik ahamiyatga ega. Natijalarni yaxshilash uchun mustahkam poydevor hozirlash va umumiy olganda uning bankning barqaror rivojlanishini ta'minlashda bu muhimdir. Mijozlarning talab va istaklarini qondirish bankni strategik rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. ISO 9001 sifat menejmentining ustunligi shundaki, unda  faoliyat davomida xavf va qaltisliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan jarayonlar joriy etilgan. Endilikda bankimiz mijozlarga xizmat ko‘rsatishda, yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratishda ISO 9001da aks etgan menejment sifati prinsiplariga tayanadi.

ISO 9001:2015 sifat menejmenti iste'molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan tizimdir. Mazkur standartlarga muvofiqlik mijozlarning bankka bo‘lgan munosabatlarini tahlil qilish va ular bilan ishlash jarayonlarini tashkil etish mezonlari uchun asos yaratadi.  Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Ma'lumot uchun:

Telefon: 71 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram:  t.me/QQBANK

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid