Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy bilan savdo muzokaralarida "katta o‘sish" bo‘layotganini ma'lum qildi
XXR raisi Si Tszinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqotida Xitoy-Amerika munosabatlari, savdo kelishuvi va Koreya yarimoroli muammosini muhokama qildi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
"Xitoy-Amerika munosabatlari juda muhim, butun dunyo bizni kuzatib turibdi. Ayni vaqtda ikki davlat ishchi guruhlari siz bilan Argentinada kelishib olingan tadbirlarni amalga oshirish uchun harakat qilayotganidan xursandman", deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
O‘z navbatida, Si Tszinpin ikki tomonlama munosabatlar hozirda muhim bosqichda ekanligini qayd etgan.
Agentlikning xabariga ko‘ra, bundan tashqari, ikki davlat rahbarlari Koreya yarimorolidagi vaziyat va boshqa xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashishdi hamda bir-birlarini kelayotgan yangi yil bilan tabriklashdi.
Keyinroq Donald Tramp mazkur muloqot haqida Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Hozirgina XXR raisi Si Tszinpin bilan uzoq va juda yaxshi muloqot o‘tkazdim. Savdo bo‘yicha kelishuv olg‘a siljimoqda. Agarda u tayyor bo‘lsa, barcha mavzu, sohalar va bahsli masalalarni qamrab oladi. Katta o‘sishga erishiladi!", deb yozdi u.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026