Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikadagi o‘ndan ortiq kollejlari va akademik litseyi Adliya vazirligi yuridik kollejlari etib qayta tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik kollejlari etib qayta tashkil etildi:

Mazkur yuridik kollejlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari lavozimi bo‘yicha yuridik kollejlarning direktorlari hisoblanadi.
Yuridik kollejlariga qabul qilish har bir hududning «yurisprudensiya» yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‘yicha tanlov asosida quyida keltirilgan mutaxassislik va kasblarga muvofiq amalga oshiriladi:

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yuridik kollejlari bitiruvchilari TDYuUga hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha va o‘qishning tugashidan so‘ng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda kirishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, yuridik kollejlarga faqatgina o‘rta maktabning 11-sinfini yoki boshqa ixtisoslik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatgan shaxslargina qabul qilinadi.
Abituriyentlarning yuridik kollejlarga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 1 iyundan 20 iyungacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Yuridik kollejlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovlar yozma imtihon shaklida 1 iyuldan 10 iyulgacha bo‘lgan muddatda «Huquqshunoslik» va «Ona tili va adabiyoti» (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026