Sport | 21:12 / 31.12.2018
33708
1 daqiqa o‘qiladi

Meyvezer yaponiyalik kikbokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Foto: Issei Kato / Reuters

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavani birinchi raundda texnik nokautga uchratib g‘alaba qozondi. Rizin promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jang boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi. 

Nasukava uch marta nokdaunga uchraganidan so‘ng uning jamoasi jangni to‘xtatishga qaror qildi. 

Bahs uch daqiqadan uch raund bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangandi. Amerikalik bokschi ushbu g‘alabasi uchun 9 mln dollar oladi.  

41 yoshli Meyvezer shu paytgacha 50ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 

Nasukava esa aralash janglar bo‘yicha to‘rtta va kikboksingda 28 g‘alabaga erishgan.

Reuters
Reuters

 

Reuters

 

Reuters
Reuters

Mavzuga oid