Jahon | 17:02 / 31.12.2018
12286
1 daqiqa o‘qiladi
«Tolibon» delegatsiyasi tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun Eronga keldi
«Tolibon» harakati delegatsiyasi tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun Eronga keldi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.
TOLONews telekanalining xabar berishicha, muzokaralarda Eron tomonidan ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Arakchi ishtirok etmoqda.
Telekanalning bildirishicha, «Tolibon» harakati hozircha muzokaralar o‘tkazilayotganini tasdiqlamagan.
Avvalroq Eron oliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxoniy Tehron Afg‘onistondagi xavfsizlik masalasini barqarorlashtirish bo‘yicha «Tolibon» bilan muzokara o‘tkazayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024