Jahon | 14:12 / 02.01.2019
5824
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Meksika bilan chegarada ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanishini o‘zini himoya qilish deb izohladi

Foto: REUTERS

Amerika harbiylari meksika bilan chegarada mudofaa chorasi sifatida muhojirlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi va qalampirli gaz hamda tutunli shashkalar qo‘lladi. Bu haqda AQSh chegara-bojxona xizmati bayonotiga tayanib The New York Times xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bir guruh o‘smirlar Meksika tomondan matras va rezina to‘shamalar yordamida tikanli simlar ustidan oshib o‘tishga uringan. Shu bilan birga boshqa o‘smirlar AQSh huquqni muhofaza qilish xodimlarini toshbo‘ron qilgan.

Ta'kidlanishicha, shundan so‘ng harbiylar tartibbuzarlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi va qalampirli gaz hamda tutunli shashkalardan foydalangan. 

"Politsiyachilar va muhojirlar xavfsizligi uchun muammo paydo bo‘lganidan so‘ng mazkur holat sodir bo‘ldi", deyiladi bayonotda.

Noyabr oxirlarida 500ga yaqin muhojir Tixuana shahridan AQSh hududiga o‘tishga uringandi. O‘shanda ularga nisbatan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid