Jahon | 18:31 / 02.01.2019
37458
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyadan qo‘lga olingan amerikalikning zudlik bilan ozod etilishini talab qildi

Foto: U.S. Marine Corps

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qo‘shma Shtatlar Rossiyada qo‘lga olingan amerikalikning zudlik bilan vataniga qaytarilishini talab qilmoqda, deb xabar berdi Blumberg agentligi.

"Biz Rossiyaga ayblovlar haqida, uni nimada ayblashayotgani haqida ko‘proq narsa bilmoqchi ekanligimizni ma'lum qildik va agarda bu qo‘lga olish asossiz bo‘lsa, uning zudlik bilan qaytarilishini talab qilamiz", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi agentlik. 

Agentlikning bildirishicha, Pompeo AQSh bir necha soat ichida uning yoniga konsul kirishi uchun ruxsat berilishiga umid qilayotganini qayd etgan.

Avvalroq FXX xodimlari Moskvada AQSh fuqarosi Pol Uilanni josuslik bilan shug‘ullanayotgan vaqtida hibsga olishgani xabar qilingandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid