Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi muzeylar va Vashington hayvonot bog‘i moliyalashtirish yo‘qligi sababli yopildi
Foto: Flickr
AQShdagi Smitson instituti majmuasiga kiruvchi muzeylar hamda Vashington milliy hayvonot bog‘i moliyalashtirish yo‘qligi sababli yopildi. Bunga federal hukumatning 22 dekabr kuni o‘z ishini qisman to‘xtatganligi sabab bo‘ldi.
Gap aksariyati Vashington markazida joylashgan 19ta muzey haqida bormoqda. Yana bir nechta muzey Nyu-Yorkda joylashgan.
Vashingtondagi asosiy muzeylar va hayvonot bog‘i yangi yilga qadar so‘nggi mablag‘lari hisobiga ishlab keldi. Mahalliy OAVning qayd etishicha, mahalliy aholi yil davomida kirish bepul bo‘lgan muzeylarga bayram ta'tili paytida kira olmasliklaridan tashvishlanmoqda.
AQSh kongressida respublikachilar va demokratlar vaqtinchalik davlat byudjyeti borasida kelish olmaganliklari sababli moliyaviy taqchillik yuzaga keldi.
Natijada vazirlik va idoralarning chorak qismiga yaqini moliyalashtirishsiz qoldi. 420 mingga yaqin davlat xizmatchilari qanchadir vaqt davomida maosh olmay ishlashlariga to‘g‘ri keladi, ular keyinroq kompensatsiya olishadi. Yana 380 ming kishi esa haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarilgan.
Mavzuga oid
07:29
Atom aviatashuvchilariga ega davlatlar: jahon xaritasi
22:26 / 03.02.2026
Tramp Harvarddan milliard dollar «tovon puli» talab qildi
22:20 / 03.02.2026
“AQSh elitasiga ham ichki, ham tashqi ishonchsizlik ortyapti” - tahlilchilar Epshteyn ishi haqida
21:43 / 03.02.2026