2018 yilgi asosiy geosiyosiy voqeaga zamonaviy dunyodagi eng qudratli ikki davlat - AQŞ va Xitoy örtasidagi qarama-qarşilikning kuçayişi aylandi. Uşbu keskinlikning eng muhim jihati sifatida Vaşington tomonidan e'lon qilingan savdo uruşi, şuningdek, köpçilik Çerçillning Fulton nutqi bilan taqqoslaşni boşlagan, Gudzon institutida Qöşma Ştatlar vitse-prezidenti Maykl Pensning oktabr oyidagi nutqini keltiriş mumkin. Kirib kelgan 2019 yil ikki qudratli davlatning özaro aloqalarida yanada qiyin davrga aylanişi ehtimoldan yiroq emas.
Yangi Xitoy
Ötgan yili Amerika-Xitoy munosabatlarida namoyon bölgan «yangi normallaşuv» uçta kuçning birlaşişi natijasi böldi.
Birinçidan, bu Pekinning xalqaro maydondagi işonçli xatti-harakati, u Xitoy global qudratli mamlakatga aylangani, milliy kuç jihatidan faqat AQŞga imkoniyatni boy berayotgani tufayli yuz berdi. Bunday xatti-harakatlar Janubi-Xitoy dengizidagi sun'iy orollarni yaratiş va ularni Xitoy floti uçun asos punktlarga aylantiriş, Xitoy Xalq ozodlik armiyasining Jibutidagi birinçi xorijiy bazasi paydo bölişi, Xitoy kompaniyalarining global kengayişi, xususan, Huawei va Alibaba kabi texnologik gigantlar faoliyati, şuningdek, «Bir kamar, bir yöl» dasturi doirasidagi investitsiyalarda aks etgan. Xalqaro maydonda Pekinning nisbatan qattiq va işonçli siyosati odatda Xitoy kommunistik partiyasi boş kotibi Si Tszinpin nomi bilan boğliq bölib, u 2017 yil oxirida partiya va davlat rahbari lavozimiga ikkinçi beş yillik muddatga qayta saylandi hamda XXRni boşqarişda muddatlar çeklovi bekor qilinişiga erişdi. Biroq, Sining «kamar, yöl» yoki «Muştarak taqdir hamjamiyati» kabi şaxsiy taşabbuslariga qaramasdan, boş kotib heç qanday yangi narsa qilmayapti: Xitoy undan avvalgi rahbarlar paytida ham Janubi-Xitoy dengizidagi pozitsiyalarini faol mustahkamlagan, qurolli kuçlarni rivojlantirgan, «milliy çempionlar» muşaklarini körsatgan, jumladan, davlat tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi kiberjosuslik yordamida ham (har holda, Amerika hukumati vakillari şunday demoqda). Şunçaki, Si davrida son jihatidan özgarişlar sifatga köçdi, öziga işonçi baland yetakçi rahbarligidagi kuçli Xitoy esa endi faqat yirik rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmayapti.
Ikkinçi omil - Xitoyning Amerikaga nisbatan munosabati özgarişi, u XXR AQŞga töğridan-töğri global raqibga aylangani bilan boğliq. Xitoy rivojlanib, Amerika yetakçiligiga çaqiriq taşlamagan bir paytda, AQŞ Xitoyning jahon tizimiga integratsiyalaşuvi Vaşington boşçiligidagi liberal dunyo tartibini mustahkamlaşga hissa qöşadi, deb hisoblagan. Amerika korporatsiyalari Xitoyda juda katta pul işlab topişgan, Pekin tomonidan AQŞ davlat obligatsiyalari sotib olinişi esa taşqi qarzni qulay ravişda oşiriş va Amerika örta sinfining iste'molini kengaytiriş imkonini berdi. Biroq, agar avval Xitoyning iqtisodiy rivojlanişi Amerikaga katta foyda keltirgan bölsa, XXI asr boşiga kelib, Xitoy tobora Qöşma Ştatlar bilan raqobatlaşa boşladi. Raqobatning asosiy maydoni - dunyodagi kuç muvozanatini aniqlab beradigan texnologik yetakçilik. AQŞ, umuman olganda, bunday raqobatga qarşi emas, ammo ular Xitoy raqobat kuraşida nohalol uslublar, jumladan, kiberjosuslik, içki bozorga kirişni çeklab qöyiş, şuningdek, «milliy çempionlar» uçun keng kölamli davlat qöllab-quvvatlovi dasturlaridan foydalanayotganidan norozi. Pekinning Şarqiy Osiyoda öziga harbiy-siyosiy hukmronlikni ta'minlaşga urinişi, u yerdan AQŞni siqib yubormoqçi bölayotgani esa juda sezilarli böldi. Natijada, 2018 yilda Amerikada harbiy va texnologik sohalarda Xitoyni bosib turiş, AQŞ va XXR iqtisodiyotlari örtasidagi özaro qaramlikni buzişga qaratilgan siyosatga asoslangan keng miqyosli ikkipartiyaviy konsensus paydo böldi.
Nihoyat, AQŞ va XXR örtasidagi munosabatlarni yomonlaştirgan uçinçi omil - prezident Donald Tramp. Uzoq vaqt davomida, özining siyosiy faoliyatini boşlaşdan oldin, u Xitoyni AQŞning köplab iqtisodiy muammolari manbai deb bilgan. Prezident öz ma'muriyatida yuqori lavozimlarga tayinlagan şaxslar ham şunga işonadi. Trampning Xitoyga qarşi siyosati yuziga prezidentning savdo masalalari böyiça maslahatçisi Piter Navarro aylandi, biroq boşqa yuqori lavozimli amaldorlar ham öz pozitsiyasini yaşirmayapti. Prezident va uning jamoasi köp tomonlama institutlar imkoniyatlaridan Xitoy yönalişida foydalanişni istamasligi (Barak Obama esa buning aksini qilib, Trans-Tinç okeani hamkorligini yaratgan) hisobga olinsa, XXRdan importga bojlar Vaşington qölidagi asosiy vositaga aylandi. Boşqa bir vosita Eron va KXDR singari davlatlarga qarşi Amerika sanksiyalari bölib, ular AQŞga Xitoy kompaniyalarini ta'qib etişga imkon beryapti (hozirça Huawei va ZTE kabi telekommunikatsiya kompaniyalari şunday yondaşuv nişoniga aylandi). Trampning Xitoyga qarşi instinktlaridan taşqari, Amerika prezidenti xarakteri va dunyoqaraşining boşqa jihatlari ham - oldindan aytiş murakkabligi, tez qaror qabul qilişi, AQŞ fond bozoriga haddan taşqari katta e'tibor, şuningdek, maxsus prokuror Robert Myullerning suriştiruvi böyiça qörquv - Vaşington va Pekin munosabatlari trayektoriyasi uçun muhim.
Siyosiy savdo
Bu omillar 2019 yilda ham davom etadi. Xitoy şu darajada qudratli davlatga aylandiki, hatto Pekin xohlagan taqdirda ham bir zumda körinmay qola olmaydi. AQŞda Xitoyga nisbatan şakllangan konsensus heç qayerga yöqolmaydi, Tramp esa Tramp bölişdan töxtamaydi.
Ötgan yil Vaşington va Pekinning sulh tuzişi bilan yakunlandi: XXRdan import köplab bandlariga e'lon qilingan Amerika tariflari (10-25 foiz) muzlatildi, Xitoy bunga javoban Amerika avtomobillariga bojlarni pasaytirdi va AQŞdan qişloq xöjaligi mahsulotlari sotib olişni qayta tikladi. Tomonlar «katta kelişuvni» rasmiylaştiriş töğrisida muzokaralarni boşladi, bunga 90 kun berildi (dekabr oyi boşidan boşlandi, biroq dedlayn muddati siljişi mumkinligi istisno etilmaydi). Pekin yon bosişga borişga tayyorligini namoyiş etişga faol harakat qilmoqda, ammo jiddiy narsalardan voz keçişni istamayapti, eksportni qöllab-quvvatlaş böyiça öz davlat dasturlariga kosmetik özgarişlar kiritmoqda. Trampning özi birinçi navbatda AQŞ fond bozori reaksiyasiga qarayapti. Prezident Uoll-stritga Xitoy bilan savdo uruşi yoqmayotganini tuşundi, u öz Twitter’ida ğalaba e'lon qilişi mumkin bölgan holatni qidirmoqda.
AQŞ-Xitoy muzokaralari natijalari ularning yakunini taxmin qiliş uçun juda köp holatlarga boğliq. Amerika tomonida eng köp noma'lumlari. Bu yerda ham Trampning özgaruvçanligi, ham boş muzokaraçi Robert Laytgayzerning Xitoyga qarşi kayfiyati, ham Myuller komissiyasining iş jadvali bor. Agar maxsus prokuror yaqin vaqt içida öz xulosalarini e'lon qilsa va ularda Tramp qonunlarni buzganini bildiruvçi aniq dalillar bölsa, unda prezidentda jamoatçilik e'tiborini taşqi qözğovçi omillarga qaratiş uçun yaxşi imkoniyat paydo böladi. Xitoy bu borada - ideal nişon.
1 yanvar kuni iş boşlagan kongressning yangi tarkibi ham noaniqlikni oşiradi. Oraliq saylovlardan söng, respublikaçilar vakillar palatasi ustidan nazoratni yöqotdi, undagi köplab qömitalarni antitrampçilar boşqarmoqda. Yakunda kongress kamroq layoqatli, biroq juda şovqin-suronli böladi. Bu, köplab qonun çiqaruvçilarning Xitoyga qarşi kayfiyati e'tiborga olinsa, AQŞ va Xitoy örtasidagi munosabatlarga ta'sir qiladi.
Albatta, Xitoyning harakatlari ham muhim rol öynaydi. Hozirça Si Tszinpin va uning jamoasi Trampni tinçlantiruvçi taktikani tanlaşdi hamda AQŞ prezidentiga bosimi natijalar berayotgani va Xitoy yon bosayotganini his etişiga harakat qilmoqdalar. Biroq, Xitoy yetakçisi çeksiz imtiyozlarga bora olmaydi: hokimiyatni mustahkamlaganiga qaramasdan, u partiya va mamlakatdagi öz hurmatini saqlab qolişi kerak. Şuning uçun u qizil çiziqlardan taşqariga çiqa olmaydi, boz ustiga, Xitoy rahbariyati mamlakatni superkuçga aylantiriş siyosatidan voz keçmoqçi emas. 2019 yil may oyida Si «Bir kamar, bir yöl» forumini ötkazadi, bu Pekinning global ambitsiyalari tanqid ostiga olinişiga olib keladi. Bundan taşqari, Pekin qattiq munosabat bildirişga majbur böladigan holatlar, masalan, yaqinda Kanadada Huawei vitse-prezidenti Men Vançjouning hibsga olinişi kabi voqealar ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarga ta'sir qilişi mumkin.












