Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Yaponiyaning Okinava orolida reaktiv raketa tizimini joylashtirmoqchi
Foto: wikipedia.org/Public Domain
AQSh qurolli kuchlari Yaponiyaning Okinava prefekturasida HIMARS raketadan o‘t ochish tizimini joylashtirish va yil davomida ulardan foydalanib mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sankei Shimbun gazetasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tizimni o‘rnatishda ta'sir doirasi 300 kilometrgacha bo‘lgan ATACMS taktik ballistik raketalaridan foydalaniladi. Ulardan kema va yerusti nishonlariga zarba berishda qo‘llaniladi.
Nashrning qayd etishicha, ushbu tizimni joylashtirishdan maqsad keyingi yillarda dengizdagi faolligini kengaytirgan Xitoyga qarshi turishdir. Bundan tashqari, tizim Yaponiya mudofaa kuchlariga chegaralar xavfsizligini ta'minlashda yordam berishi ko‘zda tutilmoqda. Ayni paytda Yaponiya mudofaa kuchlari ixtiyoridagi raketalarning ta'sir doirasi 200 kilometrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026
Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi
12:54 / 04.04.2026