Jahon | 15:34 / 03.01.2019
7869
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va partiyalar rahbarlari byudjyet borasida kelishuvga erisha olishmadi

Foto: The Washington Post/Bill O'Leary

AQSh prezidenti Donald Trampning demokratlar va respublikachilar rahbarlari bilan 2019 yilgi byudjyet borasida o‘tkazgan muzokarasi natijasiz yakunlandi, muzokaralar 4 yanvar kuni davom etadi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Respublikachilarning senatdagi rahbari Mitch Makkonellning aytishicha, AQShdagi muhim idora va vazirliklarning vaqtincha ishlamay turishi «haftalarga» cho‘zilishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikachilar tomonidan nazorat qilinuvchi senat demokratlar taklif etgan tuzatishlarni ko‘rib chiqishga vaqt sarflamoqchi emas.

Shatdaun — AQSh federal hukumati ishining vaqtincha to‘xtatilishi 22 dekabrdan buyon davom etmoqda. Bunga demokratlar va respublikachilarning Meksika bilan chegarada devor qurilishi sababli byudjyet borasida kelisha olmaganliklari sabab bo‘ldi. Respublikachilar bu maqsad uchun 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, demokratlar 1,3 mlrd dollarga rozi bo‘lishmoqda.

Ayni vaqtda ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, uy qurilishi va shaharni rivojlantirish, savdo, milliy xavfsizlik va moliya vazirliklari,  davlat departamenti moliyalashtirishsiz qoldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid