Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi a'zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini joriy qilish taklif etilmoqda
Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasida Vazirlar Mahkamasi a'zolarini Oliy Majlis tomonidan, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyotini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.
Loyihada:
Vazirlar Mahkamasining a'zolarini bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan lavozimga tasdiqlash;
nomzodning sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar va senatorlar oldida chiqish qilishi tartibini joriy etish;
hukumat a'zosining o‘z harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axborotini Oliy Majlis, uning qo‘mitalarida muntazam eshitib borish;
viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlash mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019 yilning 15 yanvariga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
14:39 / 11.10.2025
Britaniya O‘zbekiston hududlari uchun ustuvor loyihalarni ishlab chiqishda ko‘maklashadi
18:01 / 06.09.2025