Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkumlarga sodir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqi berilishi mumkin
Foto: TASS
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.
Hujjat bilan fuqarolarning saylovga oid huquqlarini ta'minlashni takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Rejada:
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga saylash huquqini berish bo‘yicha xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish;
istiqbolda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga sodir etgan jinoyatiga qarab saylash huquqini berish, shu jumladan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
ushbu masala bo‘yicha keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borish nazarda tutiladi.
2019 yilning 1 fevraliga qadar Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, IIV tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026