O‘zbekiston | 10:56 / 04.01.2019
5078
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident huzurida Ekspert kengashi faoliyati tashkil etiladi

Foto: Depositphotos

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

Hujjat  bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Ekspert kengashi faoliyatini tashkil etish nazarda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada:

Ekspert kengashiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni, taniqli davlat va jamiyat arboblarini, olimlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning fuqarolarini hamda chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni kiritgan holda uning tarkibini;

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 aprel, ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid