
Eron davlat axborot agentligi yakşanba kuni oliy rahbar, oyatulloh Ali Xominaiyning ölimidan keyingi ötiş davrida mamlakatni boşqariş uçun kengaş taşkil qilinişini xabar berdi.
Eron Konstitutsiyasida belgilangan tartibga muvofiq, bugunning özida rahbarlik vazifalarini öz zimmasiga oliş va mamlakatni boşqariş uçun kengaş tuziladi.
Kengaş — Eronning amaldagi prezidenti, mamlakat sud hokimiyati rahbari va Oliy rahbarga maslahat beradigan Fiqh kengaşi a’zosidan iborat.
Associated Press naşrining yozişiça, Eronning islohotçi prezidenti Mas’ud Pizişkiyon va sud hokimiyati rahbari Ğulom Husayn Muhsiniy hozirda kengaşning a’zolari bölib, ular «rahbarlikning barça vazifalarini vaqtinça öz zimmasiga oladi».
Eron qonunçiligiga köra, 88 nafar a’zodan iborat «Ekspertlar majlisi» deb ataladigan hay’at «imkon qadar tezroq» yangi oliy rahbarni tanlaşi şart. Bu hay’at töliq şialar ruhoniylaridan iborat bölib, ular har sakkiz yilda umumxalq saylovi orqali saylanadi va nomzodlari Eronning konstitutsion nazorat organi — Fiqh kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.
Eron prezidentining va’dasi va boşqa qurbonlar
Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon idorasi Xominaiyning öldirilişini «ulkan jinoyat» deb qoraladi va javob qaytarişga va’da berdi.
«Bu buyuk jinoyat heç qaçon javobsiz qolmaydi va islom olami hamda şialik tarixida yangi sahifa oçadi. Bu safar ham butun kuç va qat’iyatimiz bilan, uşbu jinoyat ijroçilari va buyruq berganlarni puşaymon qilamiz», deya idora bayonotini keltirmoqda Al Jazeera naşri.
Şuningdek, Pizişkiyon 40 kunlik motamga qöşimça ravişda yetti kunlik umummilliy dam oliş kunlari ham e’lon qildi.









