Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholiga ko‘rsatilayotgan onkologik tibbiy xizmat sifati oshiriladi
O‘zbekistonda aholiga ko‘rsatilayotgan onkologik tibbiy xizmat sifati oshiriladi va profilaktik tadbirlar qamrovi kengaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha maxsus skrining dasturini qabul qilish va uning moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash;
ayollarda bachadon bo‘yi va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun maxsus skrining dasturini tasdiqlash;
bachadon bo‘yi va ko‘krak bezi saratoni “kantser registri”ni shakllantirish;
tibbiyot muassasalarini saratonga qarshi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta'minlash;
xayriya mablag‘larini jalb qilish uchun maxsus hisob raqamiga ega jamoat onkologiya harakatini shakllantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas'ullar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi.
Mavzuga oid
18:36 / 11.06.2026
Prezident onkologik va gematologik yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
19:22 / 31.01.2026
O‘zbekistonda AQSh olimlari bilan saratonni erta aniqlash bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqildi
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
21:26 / 20.01.2026