Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mingdan ziyod harbiylar ishtirokida marafon bo‘lib o‘tdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bugun, 5 yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrlik masofaga yugurish bo‘yicha sog‘lomlashtirish aksiyasi tashkil etildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Unda Qurolli Kuchlar akademiyasining barcha harbiy xizmatchilari, yoshlar va faxriylar, qolaversa, ko‘plab xotin-qizlar ham ishtirok etdi. Ishtirokchilar Akademiya darvozasidan boshlanib, Mustaqillik qo‘chasi, Kichik xalqa aylanma yo‘li orqali ko‘prik tagi bilan Maxtumquli va Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chalari hamda Parkent chorrahasi bo‘ylab yugurishdi. Unda 1000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar hamda yoshlar qatnashdi.
“Ushbu yugurish aksiyasi boshqalaridan alohida ajralib turadigan jihatlarga boy bo‘ldi. Jumladan, davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, safni buzmay, bir xil tarzda yugurayotgan yuzlab ishtirokchilarni ko‘cha yuzida kuzatib turgan tomoshabinlar ham qizg‘in olqishladi, ularga qo‘shilib «Finish» tomon olg‘a intildi”, deyiladi xabarda.
Marafon so‘ngida turli yosh nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga mudofaa vaziri o‘rinbosari, Akademiya boshlig‘i polkovnik Azizbek Ikramov diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Mavzuga oid
16:43 / 10.12.2025
“Bizga Ukraina harbiylariga ta’minot keladigan ko‘prikni egallash topshirilgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
15:22 / 24.11.2025
Tramp harbiylarga chaqiriq bilan chiqqan demokratlarga tahdid qildi
19:21 / 05.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
10:31 / 27.09.2025