O‘zbekiston | 10:36 / 05.01.2019
12203
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda patronat tizimi kengaytiriladi, to‘liq davlat ta'minotidagi bolalar soni kamaytiriladi

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqini kafolatlash maqsadida patronatga (oila tarbiyasiga) berish amaliyoti kengaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

patronat tizimini kengaytirish hisobiga to‘liq davlat ta'minotidagi bolalar sonini kamaytirish;

patronatga berilgan bolalar uchun nafaqa miqdorini eng kam ish haqining uch baravaridan sakkiz baravariga oshirish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas'ullar - Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid