O‘zbekiston | 16:50 / 05.01.2019
9001
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Raqamli kriminalistika» laboratoriyasi paydo bo‘ladi

Foto: Depositphotos

Mamlakatning axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligi oshiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Ta'kidlanishicha, tegishli Chora-tadbirlar rejasi tayyorlanadi. Rejada:

“raqamli kriminalistika” ixtisoslashtirilgan laboratoriyasini yaratish;

milliy kibermakonda axborot xavfsizligi hodisalariga tezkor chora ko‘rish bo‘yicha “UZCERT” xizmatini takomillashtirish;

axborot xavfsizligi talablariga muvofiq davlat organlarida qo‘llaniluvchi dasturiy ta'minotni sertifikatsiyalash mexanizmini tatbiq etish;

kiberjinoyatlardan saqlanish va ularning oldini olish nazarda tutiladi

Bajarish muddati - 2019 yil 1 avgust, ijro uchun mas'ullar - O‘zaloqanazorat inspeksiyasi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Matbuot va axborot agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid