Jahon | 08:09 / 07.01.2019
7281
1 daqiqa o‘qiladi

Bolton Netanyaxuga Isroilni himoya qilishga va'da berdi

Foto: Amos Ben Gershom/GPO

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Al-Qudsda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro ikki tomonlama munosabatlar va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Bolton AQSh Isroil himoyasi uchun turishga tayyor ekani haqida ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, Boltonning ta'kidlashicha, Vashington Suriyada IShID terrorchilik guruhi qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQShning Suriya bo‘yicha rejalarini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid