Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV AQShning Suriya bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi
AQSh mintaqadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishiga qaramasdan, Suriyadagi ittifoqchilariga yordam berishni davom ettirish niyatida. Bu haqda Reuters Davlat departamentidagi yuqori lavozimli manbaga asosan xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar mintaqadan qo‘shinlarni olib chiqish borasida aniq muddatga ega emas. Uning qayd etishicha, Amerika qo‘shinlarini Suriyadan bosqichma-bosqich olib chiqib ketish IShID guruhi terrorchilariga doimiy «bosim» o‘tkazish zarurati bilan bog‘liq.
«Terrorchilar uchun bironta teshik yoki kirib olish uchun imkon ochib berishimiz kerak emas», - deya xulosa qilgan manba.
Shu bilan birga, Davlat departamenti mulozimining qo‘shimcha qilishicha, AQSh Suriyada doimiy harbiy ishtirokni saqlab qolishni mo‘ljallamayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e'tibor qaratilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026