Jahon | 00:49 / 07.01.2019
13352
2 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi “Mash'al” osmono‘par binosida uchinchi marta yong‘in chiqdi

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev

Dubayning Dubai Marina tumanidagi The Torch (Mash'al) deb nomlangan turar joy binosida uchinchi marta yong‘in chiqdi. Bu gal yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. 

Binoda yashovchilar evakuatsiya qilinganlar. Yong‘in trenajyor zalining saunasida boshlangan. Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan suratlar va xabarlar bilan bo‘lishishgan.

Bu binoda bungacha ikki marta yong‘in chiqqan. 2015 yil fevralda binoda yuz bergan katta yong‘in uning 51-qavatida boshlangan. 2017 yil avgustdagi yong‘inda 64 qavatli binoning 38 qavatiga shikast yetgan, 475 kishi esa vaqtinchalik boshpana izlashiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda yong‘inga o‘chirilmagan sigaret sabab bo‘lgan.

Dubayda osmono‘par binolardagi aksariyat yong‘inlar shamol sababli ularning fasadi bo‘ylab tez tarqaladi. Bir qator shunday hodisalardan keyin Dubayda fasadlarning alyumin qoplamasini bosqichma-bosqich xavfsiz qoplamaga o‘zgartirishga qaror qilingan.

Mavzuga oid