Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil AQShning qarshiligi tufayli Xorvatiyaga F-16 samolyotlarini sota olmayapti
Isroilning Xorvatiyaga mamlakat HHK foydalangan 12ta F-16C/D Barak samolyotini sotish bo‘yicha kelishuvi amalga oshmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Isroil televideniyesi xabar berdi.
"Ushbu haftada mudofaa vazirligi bosh direktori Udi Adam va vazirlikning mudofaa eksporti bo‘limi boshlig‘i Mishel Ben Xorvatiyaga boradi. Ular Xorvatiya hukumatiga kelishuv bekor bo‘lganligini rasman ma'lum qilishadi", deyiladi telekanal xabarida.
Ma'lumot berilishicha, qiymati 500 mln dollar bo‘lgan shartnoma o‘tgan yilning martida tuzilgan, ammo AQSh samolyotlar sotilishiga qarshi chiqqan. Harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, Isroil Vashingtonning roziligisiz Amerika mahsulotlarini uchinchi davlatlarga sota olmaydi.
Avvalroq Axios portali Isroil muddati o‘tgan Amerika samolyotlarini o‘z kuchi bilan modernizatsiya qilganligi va ularga Isroilda ishlab chiqarilgan elektron vositalarni o‘rnatganligi AQShning noroziligiga sabab bo‘lganligini yozgandi.
Mavzuga oid
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
09:17 / 20.06.2026