Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniya 2018 yilda turizmdan bir yarim milliard dollardan ortiq daromad topdi
Keniyada turizm sanoatidagi daromadlar 2017 yildagiga nisbatan o‘ttiz foizga oshdi va 1,55 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar berdi Standard Media.
Mamlakat Turizm vazirligining bildirishicha, xalqaro turistlar soni 1,4 mlndan ikki mln kishiga o‘sgan.
Keniyaga eng ko‘p turistlar AQSh, Tanzaniya, Uganda, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Italiya, JAR va Fransiyadan kelgan.
Turizmdagi daromadlarning oshishi siyosiy barqarorlik, xavfsizlik, aviatsiya sektoridagi rivojlanish, investorlarning ishonchi hamda xorijlik yuqori martabali shaxslarning tashrifi ko‘payganligi bilan izohlanmoqda.
O‘tgan yili Keniyaga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va sobiq prezidenti Barak Obama tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026