Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament diplomatiyasi roli kuchaytiriladi
Mamlakat tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni yechishda parlament diplomatiyasi roli kuchaytiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
O‘zbekistonning milliy manfaatlarini xalqaro doirada, jumladan parlamentlararo maydonda va ikki tomonlama munosabatlarda ilgari surishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalqaro faoliyatini kuchaytirish;
xorijiy mamlakatlar parlament vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni, yaqin va uzoq xorijga ishchi tashriflarni amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish va dolzarb masalalar yechimini izlash maqsadida hamkor mamlakatlarning hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari, TIV, vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
18:17 / 25.09.2025