O‘zbekiston | 10:34 / 07.01.2019
2503
2 daqiqa o‘qiladi

Tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishda «raqamli diplomatiya» vositalari rivojlantiriladi

Foto: Fotolia

Tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishda “raqamli diplomatiya” vositalari rivojlantiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:

“raqamli diplomatiya” reytingida O‘zbekistonning o‘rnini oshirish, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tahlil markazlari bilan hamkorlik o‘rnatish;

O‘zbekistonning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari veb-saytlari auditini o‘tkazish, ularni yagona dizayn va tuzilmaga keltirish;

TIV xodimlari uchun yangi axborot texnologiyalari, “raqamli diplomatiya” instrumentlaridan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish dasturi tashkil etish;

TIV huzurida ijtimoiy tarmoqlar (“Social Media Marketing”) va “raqamli diplomatiya” bo‘yicha mutaxassislar guruhini shakllantirish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 20 iyul, ijro uchun mas'ullar - TIV, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.

Mavzuga oid