Ertaga, 9 yanvar kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 turniridagi ilk öyinini ötkazadi. Terma jamoaning bu turnirdagi eng yaxşi natijasi 2011 yilga töğri keladi. Öşanda Vadim Abramov boş murabbiyligidagi jamoa yarim finalgaça çiqib borgandi. Endilikda bu vazifani yaxşilaş uçun yoki finalga çiqiş yoki heç bölmasa, yarim finalda 0:6 hisobida mağlubiyatga uçramaslik kerak böladi. Xöş, bunday natija bugungi jamoamizning qölidan keladimi? Hozirgi holatimiz vaziyatga optimistik qaraş uçun yetarli böla oladimi?
Ilk kundan yaxşi kayfiyatda böliş balki turnir davomida bizga hamroh bölişidan umid qilgan holda, ijobiy natijalarga sabab böla oladigan omillarni tilga olişga qaror qildik.
Taqvim

Guruhimizda turnir favoritlaridan biri Yaponiya terma jamoasi örin olgan bölsa-da, taqvimning biz uçun qulay ekanini e'tirof etiş kerak.
Birinçidan, Yaponiya terma jamoasi bilan sönggi turda röpara kelamiz. Töğri, guruhdan çiqiş uçun baribir Ummon va Turkmanistonga qarşi öyinlarda ijobiy natija qayd etiş kerak, ammo guruh favoriti bölmiş yaponlar biz bilan öyingaça katta ehtimol bilan masalani hal qilgan bölişadi.
Endi tasavvur qiling, birinçi turda Yaponiya bilan öynab, mağlubiyatga uçraganimizda, nima bölardi? Qaysidir raqibimiz öşa kuni uç oçko egasiga aylanardi va 2-turda biz katta bosim ostida qolar edik. Ğalaba qozoniş şart bölgan öyinda maydonga tuşiş bilan birgalikda, sönggi turda kim bilandir Yaponiyaning bor kuç bilan öynaşiga umid qilişimizga töğri kelardi.
Ikkinçidan, agar guruhda 2-örinni oladigan bölsak, Avstraliya, Iordaniya, Suriya va Falastin örin olgan guruhning ikkinçi jamoasiga qarşi maydonga tuşişimiz kerak. Avstraliya ilk öyinda mağlubiyatga uçragan bölsa-da, menimça, guruhda favoritligiça qolsa kerak va balki bizga nimçorak finalda arab jamoalaridan biri töqnaş keladi. Mabodo çorak finalga çiqib qoladigan bölsak ham, u yerda bizni Eron, Koreya, Yaponiya emas, eng kuçli holatda BAA kutib oladi.
Albatta, BAA öz holiça va maydon egasi sifatida xavfli raqib, lekin ularni yutsa böladi. Demak, hammasi biz öylagan reja böyiça ketsa, Özbekiston Osiyo peşqadamlari bilan öynamay turib ham, yarim final iştirokçisiga aylanişi mumkin.
Kuper va şaroit

Bu ikki faktorni ikki xil talqin qiliş mumkin. Şaroitlar yaxşi bölgani va e'tibor kuçaygani tufayli, Ektor Kuper kabi mutaxassis taklif etildi. Yoki Kuper terma jamoamizda işlayotgani uçun yaxşi şaroitlarga ega bölindi. Tan olaylik, mahalliy murabbiylar tayyorgarlik uçun zarur bölgan barça talablarini federatsiyadan sörab ololmasdi. Köpinça, özimizning murabbiylar taqdim etilgan şartlarda işlaşga majbur bölişardi. Kuperni taklif qilib, mutasaddilar nafaqat tajribali murabbiyga ega bölişdi, balki terma jamoamiz tayyorgarligi uçun avvalgidan köproq jonbozlik körsatişga rozi ekanliklarini namoyiş qilişdi.
Töğri, sönggi pallalarda terma jamoamiz örtoqlik öyinida maydonga tuşmadi va Osiyo Kubogi oldidan birorta nazorat öyinini ötkazmagan yagona jamoa böldi. Lekin bu yerda muhimi – Kuper bunday uçraşuvni ötkazişni istab, ammo yakunda reja amalga oşmay qoldimi yoki örtoqlik öyini ötkazmaslik qarori murabbiyning taşabbusi bilan qabul qilindimi? Bilişimça, Kuperning özi Osiyo Kubogi oldidan heç kim bilan öynamaslikni ixtiyor etgan.
Bunday holda örtoqlik öyinlari bölmagani uçun murabbiyni hozirdan tanqid qilişimiz noörin. Örtoqlik öyini Osiyo Kubogida qarşimizga çiqadigan yakuniy «mahsulot»ni tayyorlaşda kerak böladigan masalliqdir. «Oşpaz» bu masalliqsiz ham «ovqati» şirin bölişini aytyaptimi, demak biz iste'molçi sifatida unga «mana bu narsadan qöş», «mana bu kamroq bölib qolibdi, qozonga solsang, şirinroq böladi», deb örgata olmaymiz.
Qaçonki, agar ilk öyinlarda terma jamoamiz a'zolarida özaro tuşunmovçiliklar közga taşlansa, muammolarni körsak, biz Kuperni tayyorgarlik yaxşi bölmagani, örtoqlik öyinlaridan voz keçiş aslida zararimizga işlaganini aytib, tanqid qilişga haqqimiz böladi. Demak agar örtoqlik öyinlari ötkazilmagani sizga qattiq ta'sir qilayotgan bölsa, kamida ertani kuting.
Yangi rahbariyat

E'tibor bersangiz, har qanday jamoada yoki taşkilotda rahbar almaşsa, işlar ijobiy tomonga özgara boşlaydi. Bu yerda gap yangilarning eskilardan aqlliroq, yaxşiroq ekanida ham emas, şunçaki, bir rahbar yoki murabbiyning uzoq vaqt bir yerda turib qolişi natijasida, turğunlik davri yuzaga kelgan böladi, bu esa, tabiiyki motivatsiyaga, natijalarga, ambitsiyalarga ta'sir qiladi.
Misol uçun, 2001 yilda futbolimizda yangi rahbarlar kelganida ham, 2006 yilda Mirabror Usmonov futbolimiz boşiga kelganida ham, jamoalarimizda, umuman futbolimizda sezilarli özgarişlar bölgan. Çunki yangi rahbar avvalgi xizmatlarining «ustida ötirmaydi», tezda özini körsatiş payida böladi.
Bugungi rahbarlarimiz uçun bu ilk jiddiy turnirdir. Tabiiyki, sönggi vaqtlarda qilingan işlar bejizga ketmagani, töğri amalga oşirilganini isbotlaş uçun ham ular mas'uliyatliroq yondaşişlari tabiiy. Endi esa, natijani, ya'ni rostdan ham ijobiy özgarişlar bölayotganini kutişga haqlimiz.
Motivatsiya

Yuqoridagi omilni xususan terma jamoamizning bugungi tarkibiga nisbatan ham işlatiş mumkin. Kuper jamoasida hozirda juda köp iqtidorli va yoş futbolçilar yiğilgan va aytiş mumkinki, ularning aksariyati bugungi kunda faoliyatlaridagi buriliş nuqtasida turişibdi. Çunki, aynan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli öyin va natija tufayli ular balki kelajaklari uçun katta ta'sir qiladigan şartnomalarga ega bölişlari mumkin. Sidiqov, Maşaripov, Raşidov, Hamdamov, Şukurov va boşqa futbolçilarda faoliyatlaridagi navbatdagi dadil qadamni taşlaş pallasi kelgan.
Şu nuqtai nazardan, bugungi jamoani 2011 yildagi Abramov jamoasiga öxşataman. Öşanda ham köpgina futbolçilar, xususan Odil Ahmedov ham aynan öşa turnirdan keyin, legionerga aylangandi. 2015 yilda esa aksinça, tarkibdagi yetakçi futbolçilar Kapadze ham, Jyeparov yoki boşqalar ham faoliyatdagi sönggi davrlarni ötkazayotgan edi. Yuqorida tilga olingan Odil Ahmedovning holati, ya'ni Osiyo-2011 turniridan keyin juda yaxşi transfer şartnomalariga ega bölgani bugungi yoş futbolçilarga namuna bölişi kerak.
Qisqasi, mister Kuperga futbolçilarimizda motivatsiya uyğotiş u qadar qiyin bölmaydi.
Q.Aslanov












