Jahon | 15:53 / 09.01.2019
8564
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Isroil sobiq vaziri Eron foydasiga josuslik qilgani uchun 11 yilga qamaladi

Foto: AFP

Isroilning sobiq energetika va infrastruktura vaziri Gonen Segev Eron foydasiga josuslik qilgani uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Bu haqda Isroilning "Kan" radiostansiyasi xabar berdi.

Radiostansiyaning ma'lumot berishicha, Segev josuslik qilganiga va Eronga o‘nlab hujjatlarni berganiga iqror bo‘lgan.  

Segev Isroil jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan 2018 yilning mayida qo‘lga olingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq vazir Eron razvedkasiga energetika bozori va maxfiy mudofaa obektlari, hukumat va maxsus xizmatlar xodimlari haqidagi ma'lumotlarni bergan.

U 1995-1996 yillarda energetika va infrastruktura vaziri bo‘lgan. 2005 yilda narkotik kontrabandasiga urinishda ayblanib besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Segev 2018 yilda Ekvatorial Gvineyada qo‘lga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid