Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV «Qamchiq» dovoni bo‘yicha tarqalgan ma'lumotlarni rad etdi
FVV ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida tarqalgan ma'lumotlarni rad etdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida asossiz ma'lumotlar tarqaldi. Ushbu ma'lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma'lum qilamiz:
A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yog‘ishi kuzatilgan va o‘rtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yo‘lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan», - deya ta'kidlab o‘tishgan FVVdan.
«O‘zgidromet» xizmati tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
11 yanvar kuni havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi, tuman tushadi va ko‘rish masofasi 50-100 metrga qisqaradi. Shamol g‘arbdan sekundagi 7-12 metr, ba'zan 17-22 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-6 daraja sovuq. Yo‘lda qor uyumlari va muzlamalar bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
11:50 / 05.06.2026